So’nggi yangiliklar

20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  0 19:53Суперлига. "Динамо" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  9 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  23 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  3 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  6 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  12 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3

"Bavariya" futbolchisining Germaniyaga yozgan tasirli maktubi Yangiliklar

"Bavariya" futbolchisining Germaniyaga yozgan tasirli maktubi

Germaniya terma jamoasining JCHga boradigan tarkibiga kiritilmagan "Bavariya" hujumchisi Sandro Vagner nemis mashinasiga tasirli xat yo'lladi.

"Bavariya" hujumchisi Sandro Vagner garchi terma jamoadan chetga qolgan bo'lsada jamoadoshlariga omad tiladi.

"Germaniya terma jamoasidagi aziz insonlar, Sizlar uchun nihoyat Jahon chempionatini boshlab beradigan Meksikaga qarshi o'yinga sanoqli soatlar qolmoqda. Men esa sizlarni qo'llab-quvvatlash uchun tatilimni erta yakunlamoqdaman. Butun Germaniya sizlarga muxlislik qilish uchun shay! Men har qanday holatda ham sizlar bilan birgaman. To'g'ri, men raqib jarima maydonchasi ichida bo'lish o'rniga uyimdagi bog'daman. Ammo masofa muhim emas. Men Germaniya terma jamoasining bir bo'lagi bo'lganimdan faxrlanaman. Sizlarga esa yaqin 3-4 haftada ulkan omad yor bo'lishini tilayman. Jahon Kubogini yana bir bor uyga o'zingiz va biz uchun olib kelinglar!

P.S. Meni "Bavariya"dagi do'stlarim diqqatiga: Men Jahon chempionatidagi oltin medalni esdalik sovg'a sifatida qabul qilib olishga tayyorman. SHunda o'zimni juda baxtli his etardim", - deb yozadi Sandro Vagner.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика