"Bavariya" futbolchisi kechirim so'radi
02 may 2018 15:29
Yangiliklar
"Bavariya" futbolchisi kechirim so'radi
"Bavariya" darvozaboni Sven Ulrayx "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final javob o'yinidan (2:2) so'ng, o'z xatosi uchun kechirim so'radi.
"Real"ning ikkinchi golidan avval Ulrayx to'pni qo'li ostidan o'tkazib yubordi va raqib hujumchisi Karim Benzema bo'sh darvozani ishg'ol qildi.
"CHempionlar ligasini tark etganimizdan qanchalik xafa ekanligimni tasvirlab bera olmayman. Finalga chiqishni juda qattiq istagan edik va qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Men bilan qo'pol xato yuz berdi. Buni tushuntirib berishim qiyin. Kechiring... Jamoam va muxlislardan uzr so'rayman" - deb yozdi darvozabon "Instagram"dagi sahifasiga.
Fikrlar