"Bavariya" "Espanol" xavbeki Rokani 15 mln evroga xarid qiladi
03 okt 2020 16:48
Yangiliklar


"Bavariya" "Espanol" xavbeki Rokani 15 mln evroga xarid qiladi
"Bavariya" o'z tarkibini "Espanol" yarim himoyachisi Mark Roka bilan kuchaytiradi.
Myunxen klubi 23 yoshli ispaniyalik xavbek uchun bonuslar va 15 million evro miqdorida mablag' to'laydi, vaholanki Rokaning "Espanol" bilan tuzgan shartnomasida 40 millionlik tovon puli ko'rsatilgan.
Roka tibbiy ko'rikdan so'ng "Bavariya" bilan "4+1" ko'rinishida shartnoma imzolaydi. "Bavariya" bir yil oldin futbolchini 35-40 mln evro evaziga xarid qilmoqchi bo'lgandi.
Roka "Espanol" tarkibida umumiy 121ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar