“Bavariya” ECHLda g'olib chiqqani uchun “Vankuver Uaytkeps”ga 1 million evro to'laydi
25 avg 2020 00:55
Yangiliklar
“Bavariya” ECHLda g'olib chiqqani uchun “Vankuver Uaytkeps”ga 1 million evro to'laydi
“Bavariya” safida ECHLda g'olib chiqqan Alfonso Devis uchun myunxenliklar “Vankuver Uaytkeps” klubiga 1 million evro to'lab berishadi, deya xabar bermoqda ESPN.
Futbolchining transfer kelishuvida aynan shunday band ko'rsatib o'tilgan. “Bavariya” 2018 yili Devisning transferi uchun 10 million evrodan voz kechgandi.
Devis joriy mavsumda “Bavariya” bilan ECHL g'olibligiga erishdi. Devis kanadalik futbolchilar orasida ushbu sovrinni qo'lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi. Kelib chiqishi liberiyalik bo'lgan 19 yoshli Devisning ota onasi u yoshligida Kanadaga ko'chib kelgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar