"Bavariya" de Ligt bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
05 iyu 2022 17:38
Yangiliklar
"Bavariya" de Ligt bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt "Bavariya"ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Kerri Xauning xabariga ko'ra, niderlandiyalik myunxenliklar bilan og'zaki kelishuvga erishdi.
Matteys de Ligt oldinroq "keksa sinora"ga Germaniyaga yo'l olmoqchiligini malum qildi. De Ligt 2019 yildayoq "Bavariya"ga o'tishi mumkin edi.
"Yuventus" 22 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, ammo uni kim ko'p to'lasa, o'shanga sotadi. Bu borada "Bavariya"ga "CHelsi" raqobat qilishi mumkin. Nemislarning ustunligi, o'yinchining o'zi Londonga emas, Myunxenga o'tishni xohlayotganidadir.
Fikrlar