"Bavariya" CHempionship yulduziga qiziqish bildirmoqda
02 mar 2022 21:42
Yangiliklar


"Bavariya" CHempionship yulduziga qiziqish bildirmoqda
Myunxenning "Bavariya" klubi "Nottingem Forest"ning o'ng qanot himoyachisi Jed Spensga qiziqish bildirmoqda.
"Nottingem"ga "Midlsbro"dan ijara asosida o'tgan 21 yoshli futbolchi o'z o'yini bilan ko'plab top-klublar etiborini tortdi. Angliyalik futbolchining o'yinlarini Germaniyaning "Borussiya Dortmund", "Bayer" va "RB Leypcig", shuningdek, Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari kuzatib borishmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Spens uchun yangi davogar "Bavariya" bo'lib, u yaqin haftalarda "Midlsbro"ga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.
Joriy mavsumda Jed Spens CHempionshipda 29 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar