"Bavariya" bosh murabbiyi Xamesning kelajagiga oydinlik kiritdi
Mirjalol Normatov
20 iyul 2018, 23:28
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach yarim himoyachi Xames Rodrigesni boshqa jamoaga ketkazib yubormoqchi emas.
"Uning jamoa bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Uni sotib olmasakgina, jamoadan ketishi mumkin. Biroq ayni damda u boshqa jamoaga o'tmaydi. Matbuot gapiraveradi", - dedi Kovach.
O'tgan mavsumda "Bavariya" Xamesni ikki mavsumga ijaraga olgandi.