So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  2 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   3 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  3 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  5 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  18

"Bavariya" - "Borussiya". Uchrashuv taqdirini nima hal qildi? Yangiliklar

"Bavariya" - "Borussiya". Uchrashuv taqdirini nima hal qildi?

Bahorning eng muhim o'yini deb nom olgan bellashuvning asosiy to'qnashuvlari haqida gaplashamiz.

"Bavariya" safarda "Borussiya" ustidan g'alabaga erishib, chempionlik sovrini tomon yana bir katta qadam tashladi.

Aynan shu o'yin chempionlik taqdirini hal qiladi deb ko'pchilik takrorladi, lekin shunday bo'lishi uchun "Bavariya" g'alaba qozonishi talab etilardi. Agar "Borussiya" yutganda, oradagi farq bir ochkoni tashkil qilar va kurash qizigandan-qizirdi. Etmaganiga, "Bavariya" futbolchilari qo'shimcha bosim ostida harakat qilishlari to'g'ri kelardi. Lekin birinchi taxmin o'zini oqladi. Endi myunxenliklar "Borussiya"dan etti ochkoga ilgarilab ketishdi va Xans-Diter Flik shogirdlarining bunday sport formasi bilan bu farqni yo'qqa chiqarish ilojsizdek. Demak, deyarli butun dunyo nigohi qaratilgan ushbu bellashuv juftliklari haqida batafsil to'xtalsak. 


Roman Byurki – Manuel Noyer

"Borussiya" darvozaboni yildan-yilga kuchayib, o'ziga bo'lgan ishonchi ortib bormoqda. Noyer esa mana necha yildirki jahonning eng kuchli golkiperlari qatorida tilga olinadi. Va Noyer birinchi daqiqadayoq o'zining hamkasblaridan eng ustun jihati — oyoq bilan yaxshi o'ynay olish qobiliyatini namoyish qilishiga to'g'ri keldi. Himoya markazidagi xatodan so'ng u yordamga etib keldi, lekin qaytarilgan to'p sariq libosdagilarga kelib tushdi. Xoland joyiga qaytib ulgurmagan Noyerning oyoqlari orasidan to'pni o'tkaza oldi va u darvozaga qarab ketayotandi, ammo u erga Boateng etib kelib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Butun o'yin davomida Manuel to'rt marta seyv amalga oshirdi, Roman – uch marta. Kimlardir o'tkazib yuborilgan golda "Borussiya" posbonini ayblar, to'p darvozabonning ustidan tashlab qo'yilgan har bir golda, beihtiyor kiperni ayblashga oshiqamiz, lekin bu safar emas. O'sha epizodni qayta ko'rib, zarba qanday vaziyatda va qay usulda amalga oshirilganiga etibor berishingizni so'rardik. Bir nechta vaziyatlarda Byurki xato qilmagan bo'lsa-da, u qadar ishonchli o'ynay olmadi. Umuman olganda, u va Noyer o'rtasidagi farq ham ana shunda bo'ldi.


Erling Xoland – Robert Levandovski

Ko'pchilik muxlislar uchun "Borussiya" - "Bavariya" uchrashuvi ikki ajoyib bombardir, ikki turli avlod forvardlarining to'qnashuvini anglatardi. Yosh va g'alabalarga chanqoq Xoland tajribali va o'ta sezgir Levandovskiga qarshi. Uchrashuv taqdirini aynan ular, shu hujumchilar urgan gollar hal qiladi deb kutganlarning xafsalasi pir bo'lgani turgan gap. CHunki o'yin masalasi hujumchilar bilan emas, markazdagi kurash va qanotlar evaziga hal etildi. SHu o'rinda, asosiy zarbalarni aynan shu ikki futbolchi berganiga ham etibor berish lozim. Xoland besh marta zarba berdi (solishtirish uchun o'tgan tur birorta zarba bermagandi) – maydondagi hammadan ko'proq. Lekin maydonda 70 daqiqadan salgina ko'proq vaqt harakat qildi – jarohat sabab almashtirildi. Kim biladi deysiz, agar Erling oxirigacha o'ynaganda niyatiga etarmidi, lekin amalda "Borussiya" hujumning oldingi chizig'ida Torgan Azar bilan o'yinni yakunlashiga to'g'ri keldi. U qanchalik iqtidorli bo'lmasin, bu uning ishi emas.

Levandovski to'rt marta darvoza tomon zarba berdi va umuman olganda Xolanddan kamroq ko'zga tashlandi, lekin u to'psiz ko'p harakat qildi va orqaroqqa qaytib kurashlarda ishtirok etdi. Bu esa o'z navbatida Myuller, Gnabri va Komanga to'p olib qo'yilgan pallada erkinlik, bo'sh zonalarni berdi. 

Aynan ular yashirin qurol vazifasini bajarishdi, Robert esa yana bir bor naqadar aqlli futbolchi ekanligi va nafaqat oldingi chiziqda hujumlarni yakunlay olishi, balki "qora mehnat"dan ham qochmasligini isbotlab berdi. 


Markaziy zona

Bu erda jamoaviy o'yinni takidlash va har bir futbolchining alohida hissasi haqida aytib o'tish kerak. "Borussiya" o'yinda 3-4-2-1, "Bavariya" esa — 4-2-3-1 taktikasidan foydalanganini inobatga olsak, futbolchilar o'z nuqtalarida raqib bilan bevosita 1-1 holatda qolishmasdi. Yani aytaylik, har ikki jamoa 4-3-3 yoki 4-2-2 taktik sxemasida harakat qilganda, har bir futbolchi "o'zining o'yinchisini" aniq bilgan bo'lardi. SHu sababli jamoaviy harakatlarda raqiblarning birini kamchiliklari, ikkinchisining esa ustunligi ko'rinib qoldi. "Bavariya" juda baland va agressiv tarzda pressing uyushtirdi. Bu nafaqat yarim himoyachilarning ko'p mehnat qilgani balki markaziy himoyachilarning ham xizmati – Boateng va Alaba juda baland o'ynashdi. Aynan shu usul tufayli myunxenliklar sal qolsa, ilk daqiqadayoq gol o'tkazib yuborishardi. Lekin o'yinga kirishib olgach, muammolar o'z-o'zidan hal etildi. 

"Borussiya" himoyasida Pishhek va Xummels ham nisbatan ishonchli o'yin ko'rsatib, munosib qarshilik ko'rsatayotgan bir pallada, yarim himoya ularni qo'llay olmadi. "Bavariya"da Kimmix, Gorecka juda yaxshi harakat qilib, Gnabri, Myuller va Komanga yaqin o'ynashdi hamda bo'sh zona qoldirmay, raqibni "bo'g'ib qo'yishdi". "Borussiya"da esa Maxmud Daud va Dileyniga tezkorlik va kutilmagan qarorlar etishmasdi, yuqoriroqda joylashgan Azar va Brandt ham ularga katta yordam bera olishmadi. SHu sababli Lyusen Favr tanaffusdayoq Dileyni va Brandtni almashtirdi – birinchisi pressingga munosib qarshilik ko'rsata olmadi, ikkinchisi esa hujumni boshlab berishda faollik ko'rsata olmadi. Aytgancha, aynan Brandt taym oxirida Kimmixni qo'yib yuborgan va natijada germaniyalik futbolchi ortiqacha qarshiliksiz o'sha ajoyib zarbasini amalga oshira olgandi. Nima bo'lgan taqdirda ham gol aynan markaziy zonadan amalga oshirildi. Yaqin hududda futbolchilar soni ko'p bo'lishiga qaramay, "Bavariya" futbolchilari o'zini juda yaxshi his qilardi va o'sha hujumning o'zida ikki marta to'pni markazga, futbolchilar juda ko'p bo'lgan zona ichiga yo'naltirdi, yani dortmundliklar raqibga etarli qarshilik, muammo tug'dira olishmadi.


Ashraf Xakimi va Rafael Gerreyru – Alfonso Devis va Benjamen Pavar

Uchrashuv avvalidagi asosiy hujumlar Xakimi qanotidan amalga oshirildi. Qiziq tomoni aynan Ashraf "Borussiya"da to'p bilan eng ko'p muomalada bo'ladigan futbolchi hisobalanadi. Bu uchrashuvda ham ushbu annana o'zgarmadi, asli "Real"ga tegishli bo'lgan futbolchi to'pni 93 marta sheriklariga oshirib berdi. Xakimi humga qo'shildi, himoyada ham yordam berdi, markazga ham kirib bordi. Devis esa avvaliga o'z zonasini berib qo'yayotgandi, bu nafaqat Xakimiga, balki o'sha zonaga qarab harakatlangan hujumning boshqa vakillariga ham. Dortmundliklar yosh kanadalikka bir muncha pas nazar bilan qarashdimi, uning qanotiga keragidan ortiq etibor berildi va Gerreyru haqida unutib qo'yishdi. Vaholanki tanaffusdan keyingi ikki o'yinda Rafael hammadan ko'p gol urgan va yorqin o'yin namoyish qilayotgandi. Lekin negadir uni o'yindan chetda qoldirishdi, Xakimi esa qanotiga bo'lgan etibordan unumli foydalanguncha, Devis o'ziga keldi va nafaqat himoyalanishda, balki hujumda ham o'ta faol o'yin ko'rsatdi. Kichik xato va kamchiliklarini u dribling va tezligi evaziga yopib keta oldi. Vaziyatlardan birida u 35,3 km/s tezlik oldi. Umuman olganda aynan, u Xakimining ustun tomonlaridan foydalanishga imkon qoldirmadi. Pavar ko'proq Gerreyruni "yopish" bilan band bo'ldi, lekin kezi kelganda u ham oldinga o'tib turdi. 

Natijada, uchrashuv oxiriga yaqinlashgani sari ko'plab ko'rsatkichlar "Borussiya" tomonga o'zgargan bo'lsada, "Bavariya" o'yin tizginini o'z qo'lida ushlab tura oldi. "Borussiya" ko'proq zarba berishga intildi, to'pga egalik qilishda ham "Bavariya" ortiqcha ustunlikka ega bo'lmadi, ammo bir narsa, "Bavariya" ichki chempionatda titul uchun bevosita raqobatchisi bilan to'qnashuvda ham o'yinning borishi, temp va ritmini boshqara olishini yana ko'rsatib qo'ydi. "Borussiya" o'z maydonida Bundesliga doirasidagi 39 o'yindan beri birinchi marta maydonni golsiz tark etdi. "Bavariya" esa Flik boshchiligida chempionatning 18 o'yinidan 15 tasida g'alaba qozondi. Avval bunday natijaga faqat Xosep Gvardiola erisha olgandi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика