"Bavariya" "Borussiya D"ga qarshi o'yin oldidan himoyada katta muammolarga duch kelmoqda
02 noy 2023 16:46
Yangiliklar
"Bavariya" "Borussiya D"ga qarshi o'yin oldidan himoyada katta muammolarga duch kelmoqda
Myunxenliklarga oson bo'lmaydi.
"Bavariya" himoyachisi Matteys de Ligt Germaniya Kubogining 2-turida "Saarbryuken"ga qarshi o'yinda (1:2) tizzasidan jarohat oldi. Futbolchining tiklanishi uchun 4-6 hafta vaqt kerak bo'ladi, deb xabar berdi "Bild".
Myunxenliklar Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yin oldidan himoyada katta muammolarga duch kelishmoqda. Hozirda "rekordmaystr"ning faqat bir markaziy himoyachisi maydonga tushishga to'liq tayyor – Kim Min Je.
"Borussiya D" – "Bavariya" uchrashuvi 4 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Avvalroq "Bavariya" sardori bahsda ishtirok etmasligi malum qilingan edi.
Fikrlar