"Bavariya" "Bayer" futbolchisiga 90 million evro taklif qildi
04 iyu 2019 17:27
Yangiliklar


"Bavariya" "Bayer" futbolchisiga 90 million evro taklif qildi
"Bavariya" "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavercga qiziqmoqda.
Myunxen klubi 19 yoshli xavbek uchun "Bayer"ga 90 million evro taklif qildi. Oldinroq "Bavariya" prezidenti Yuli Xeness bir futbolchi uchun 80 milliondan ortiq sarflanmasligi haqida takidlab o'tgan edi.
Leverkuzen klubi esa taklifni rad etdi va futbolchi bilan xayrlashish niyatlari yo'qligini bildirdi.
Kay Xavurc 2018/19 yilgi mavsum "Bayer" safida, barcha turnirlarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 7ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar