So’nggi yangiliklar

12:05Шерзод Файзиев қаерда?   2 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  4 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  5 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  15 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  24 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1

"Bavariya" - "Barselona" 3:2. Kataloniyaliklar finalda Yangiliklar

"Bavariya" - "Barselona" 3:2. Kataloniyaliklar finalda

"Bavariya" va "Barselona" o'rtasidagi UEFA CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.

"Bavariya" - "Barselona" 3:2

Gollar: Benatia 7, Neymar 15, 29, Levandovski 59, Myuller 74.

23:45, Myunxen, "Alyans arena" 

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Ang)

Qanotlarda: Saymon Bek, Jek Kollin

Darvozalar ortida: Entoni Teylor, Andre Mariner (Ang)

To'rtinchi hakam: Styuart Bart (Ang)

"Bavariya": Noyer, Alonso, Benatia, Tyago Alkantara, Levandovski, Rafinya, Boateng, Bernat, Lam, Myuller, SHvaynshtayger.

Zaxira: Reyna, Dante, Martines, Pisarro, Gaudino, Gyotce, Rode, Vizer.

"Barselona": ter SHtegen, Alves, Pike, Maskerano, Alba, Rakitich, Buskets, Inesta, Messi, Suares (Pedro 46), Neymar. 

Zaxira: Bravo, Matyo, Bartra, Adriano, Xavi, Rafinya.




90+3. UCHRASHUV YAKUNLANDI. "Barselona" finalda! 


90+2. Neymar o'zi darvozaga zarba bermay, to'pni Messiga oshirdi. Leo to'pga ulgurmadi. Gol sodir bo'lgani yo'q.


90+1. Gyotce zarba berishga ulgurmadi. Orqaroqda kelayotgan "Barselona" himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89. "Barselona" butun jamoasi bilan himoyaga yotib oldi.


      O'zgarish. Myuller o'rniga Gyotce.

87. O'zgarish. SHvaynshtayger o'rniga Xavi Martines.


84. ZORRROO! Niqobli Robert Levandovski ter SHtegen darvozasiga chiroyli zarba berishga urinib ko'rdi. Biroz noaniq.


83. Noyer har doimgiday raqib hujumchilari bilan hazillashyapti.


82. "Bavariya"ning qarshi hujum noaniq oshirma bilan yakunlandi.


81. Xabi Alonso maydon markazida Pedroni yiqitdi. Sariq kartochka.


78. Zorro "Barselona" darvozasini nishonga olishga harakat qilyapti, lekin raqiblar himoyachilari bir amallab hujumlarni bartaraf etishyapti.


77. Neymar to'pni autga tepib yuborayotganda Gvardiolani nishonga olishiga bir bahiya qoldi. 


75. Uchrashuv yakunlanishiga 15 daqiqa qoldi. Esingizdami deyishga hojat yo'q, siz kambeklarning juda daxshatlilariga guvoh bo'lganingizga ishonchim komil. Bugun ham buning uchun etarlicha vaqt bor.


74. GOOOOL!!!!!! MYULLERRR!!!!!!!! Tomas Myuller o'z jamoasining kombinacion hujumini chiroyli zarbasi bilan yakunladi. 


72. Luis Enrike himoyani kuchaytirishga qaror qildi.


71. O'zgarish. Rakitich o'rniga Jeremi Mate.


68. O'zgarish. Lam o'rniga Rode.


66. To'pga egalik qilish bo'yicha natija bir xil. 50-50. Ammo to'p oshirishlari bo'yicha "Bavariya" oldinda.


64. Rakitich maydon markazida "Zorro"ni yiqitdi va sariq kartochka oldi.


62. "Bavariya" endi ochilmaydigan ko'rinadi. Gvardiola tanaffusda shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni bergan shekilli.


59. GOOOOLLL!!!! LEVANDOVSKI!!! Robert jarima maydonchasi chizig'i ustida bir harakat bilan Maskeranoni ortda qoldirdi va darvozaga aniq zarba berdi. Hisob tenglashdi, ammo ikki o'yin bo'yicha 2:5


57. Neymar  "arabcha" o'yin namoyish etyapti. 


54. "Bavariya" tavakkal qilmasdan, hujum qilish uchun imkon qidiryapti. 


49. SHvaynshtayger raqib jarima maydonchasida to'pni o'ziga to'g'irlay olmadi va to'psiz qoldi.


48. "Bavariya" to'pga egalik qilib, hujumga o'tish uchun imkoniyat qidiryapti.


 Myuller ilk daqiqalardan buzmagan qoidasi uchun hakamga etiroz bildirdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. O'zgarish. Suares o'ringa maydonga Pedro tushdi.


- Etiborni yana maydonga qaratamiz. Futbolchilar qaytishmoqda. "Barselona"da Pedro maydonga tushishi kutilmoqda.




Tanaffus. Birinchi bo'lim yakunlandi va biz ham siz bilan biroz dam olamiz.


45+2. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.


Alonso to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi, Benatia esa bosh bilan darvozaga zarba berdi. Noaniq.

45. Kataloniyaliklar darvozasi yaqinida qoida buzildi. Xabi Alonso standartni amalga oshirmoqchi.


42. "Barselona"ning chiroyli qarshi hujumi golsiz yakunlandi. Himoyachilar yaxshi harakat qildi.


40. TERRRRRR SHTEGENNNNN!!!! DARVOZABON NIMALAR QILYAPTI!!!! Levandovski darvozadan 7 metr uzoqlikda zarba berdi. Ter SHtegen esa bir qo'li bilan to'pni to'sdi. Ammo to'p asta-sekin darvozaga kirib borayotgan edi. Posbon o'zini yo'qotib qo'ymay, bu safar ham jamoasin qutqardi.


38. SHVAYNIII!!! Basti bosh bilan darvozaga zarba berdi, ammo yana ter SHtegen "Barselona"ni ikkinchi goldan qutqarib qoldi.


36. "Barselona" triosi bugun xohlaganini qilyapti. Kuzatamiz, yana nimalar bo'lar ekan.


35. "Bavariya" ketma-ket hujumlar uyushtiryapti, ammo mehmonlar gol urish uchun imkoniyat bermayapti. Birinchi goldan tug'ri xulosa chiqarishgan ko'rinadi.


33. Suares jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Penalti yo'q. Messi ikki futbolchini aldab o'tdi, ammo raqib futbolchilari Leoni to'xtatib qoldi.


29. GOOOOOOLLLLLLLLLL!!!!! NEYMARRRRR!!!!!!! Suares yana asssistent ! Messi maydon markazida ikkinchi qavatda to'pni Suaresga tashlab berdi. Luis darvozabon bilan birga bir chiqib zarba berishning o'rniga to'pni yana Neymarga tashlab berdi. Braziliyalik esa adashgani yo'q. Neymar nemislardan o'ch olyapti!


28. MESSI!!!! Leo ham to'pni qabul qilishi bilan pastlatib zarba berdi va Noyerdan seyv!!!


27. ZARBAAA!!! LEVANDOVSKI!!! Levandovski to'pni o'ziga to'g'irlab erlatib zarba berdi. Ammo kuchsiz zarbani ter SHtegen egallab oldi.


24. Suaresning qulay oshirmasi Neymar uchun sovg'a bo'ldi.



23. Birinchi golda Buskets Benatiaga imkoniyatni boy bergan ekan.



22. Uchrashuv boshlanishidan oldin quyidagi manzara guvohi bo'ldik va ushbu mozaykada "Bitta shahar, yagona orzu" so'zlari yozilgan edi.



20. Bugun hech kim uxlamaydi. Barcha o'z sevimlilari uchun muxlislik qiladi.


19. MYULLERRRRR!!!!! Lam o'ng qanotda to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi. Myuller esa ikkinchi qavatda raqibidan ustun keldi, ammo darvozabon ter SHtegen ikkinchi gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.


17. "Bavariya"ning standarti paytida qoida buzildi. To'pni mehmonlar o'yinga kiritadi.


15. GOOOOLLL!!!!! NEYMARRRR!!!!! Hisob tenglashdi. Birinchi 15 daqiqa ichida 2ta gol qoyil! Suares birga-bir vaziyatda darvozaga zarba bermay, yonida yanada yaxshi vaziyatga chiqib borayotgan Neymarga to'pni oshirdi. Braziliyalik esa zarbada adashmadi.


12. Robert Levandovski raqib jarima maydonchasi ichida bir lahza nima qilishni bilmay to'xtab qoldi va to'pdan ayrildi.


Muxlislar "Bavariya" haqida qo'shiq kuylashni boshladi



9. Ikkala jamoa murabbiylari o'rinlaridan turib ko'rsatmalar berishni boshladi. 


7. "Bavariya" boshladi. O'zingizdan ko'ring ispanlar. GOOOOLLL!!!!!!! Benatia burchakdan etkazib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi. Qoyil mana sizga NEMIS MASHINASI!!!


6. ZARBAA!!! UYG'ONAMIZ!!! QARSHI HUJUMLAR BOSHLANDI!!! Myuller chap qanotda to'pni Lamga oshirdi va Lamning xavfli zarbasi yo'liga raqib futbolchisi to'g'qanov bo'ldi!


5. ZARBAAA!!! NOYERRR!!!!!! Ivan Rakitich darvozabon bilan birga-bir chiqdi va Manuel Noyer tufayli "Bavariya" hozircha gol o'tkazib yubormadi


2. Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola bu uchrashuvda ham Kataloniyadagi tarkibni maydonga tushirdi.


1. Xushtak chalindi va o'yin boshlandi. OLG'A!


- Hakam tanga tashladi va kim uchrashuvni boshlashi aniq bo'ldi.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Stadionda muhit juda ajoyib. CHempionlar ligasi madhiyasi yangramoqda.


- Yana bir bor assalomu alaykum. Tun yarmidan oqqanda saytimiz translyaciya studiyasi (Mirzahakim To'xtamirzaev) barchangizni "Bavariya" va "Barselona" o'rtasidagi UEFA CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuviga taklif qilamiz.








Uchrashuv bosh hakami Mark Klattenburg



"Nasaf" darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov ushbu o'yin haqida fikr bildirdi:

- Barchaga xayrli kech. Bugun o'tgana o'yin kabi etakchilarsiz "Bavariya"ga qiyin bo'ladi. Ammo Gvardiola juda aqlli murabbiy va "Barselona"ga syurpriz tayyorlab qo'gan bo'lishi mumkin. Ammo Ronaldu hozir yaxshi formada, qiziq o'yin bo'lishi aniq....

- Uzr Ronaldu va uning jamoasi ertaga o'ynaydi...

- Kechirasiz hayolim "Real"ga ketib qoldi. Messi va uning jamoasi yaxshi holatda demoqchi edim. "Bavariya" 3ta va undan ortiq gol urishi kerak, myunxenliklarga qiyin bo'lishi aniq. Biroz oldin "Real" haqida maqola o'qigan edim, shu sabab Ronaldu deb yubordim.

Ushbu intervyu xazil emas va o'ylab topilgani yo'q. Mutaxassisning fikrlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.


- Rasmiy qaydnoma







- Asta-sekin maydon to'lib bormoqda








- Ikkala jamoa futbolchilari maydonda chigal yozdi mashqlarini bajarishyapti.


- Operator va suratkashlar jamoalarning kiyinish xonasini suratga olishyapti.






- Hozirgina "Bavariya"ning boshlang'ich tarkibi malum bo'ldi. O'yinni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar bilan pastroqda tanishib olishingiz mumkin.


- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Tahminan bir yarim soatdan so'ng "Bavariya" va "Barselona" o'rtasidagi CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi boshlanadi. Kataloniyaliklar ushbu bosqichning birinchi o'yinida myunxenliklarni 3:0 hisobida mag'lub etgan edi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика