"Bavariya" "Ayntraxt"ga 1 evro to'ladi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2018, 18:14
"Bavariya" yozda "Ayntraxt" bosh murabbiyi Niko Kovach va uning ukasi Robert Kovach bilan shartnoma imzoladi.

Myunxenliklar Niko uchun "Aytraxt"ga 2,2 mln. evro, Robert uchun esa 1 evro to'lashdi.

"Ha, bu haqiqat. Ular hech narsa to'lamasligi mumkin edi, ammo yuridik sabablarga ko'ra 1 evroga kelishdik. Bu oddiy ish, ammo qiziq eshitiladi" - deydi "Ayntraxt" direktori Fredi Bobich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild