Bavariya – Augsburg. Hakam xato penalti belgilagani uchun uzr so'radi
13 sen 2015 11:45
Yangiliklar


Bavariya – Augsburg. Hakam xato penalti belgilagani uchun uzr so'radi
Bavariya - Augsburg (2:1) uchrashuvi bosh hakami Knut Kirxer o'yin so'nggida mehmonlar darvozasiga noto'g'ri penalti belgilagan ekan.
Jarima maydoni ichida nimadir bo'lsa yon hakami menga ishora qiladi. O'sha vaziyatda qanot hakami qoida buzilganiga ishonchi komil edi. Men esa vaziyatni to'liq ko'ra olmadim va yordamchimning qaroriga qo'shildim.
Ammo o'yindan keyin videotakrorni tomosha qildik, qanot hakami xato qilgan ekan. Demak men ham xato qilganman. Augsburgga ochko qaytarib berilmaydi, ulardan uzr so'raymiz. Biz xato qilgan ekanmiz, - deydi Kirxer.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar