"Bavariya" - "Anderlext". Bosh murabbiylar qanday fikrda?
12 sen 2017 20:03
Yangiliklar
"Bavariya" - "Anderlext". Bosh murabbiylar qanday fikrda?
Evropa chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Bavariya" - "Anderlext" uchrashuvidan oldin ikkala jamoa ustozlari o'z fikrlarini bildirdi.
"Bavariya" murabbiyi, Karlo Anchelotti:
"CHempionlar ligasida biz oldingi yilga qaraganda yaxshiroq qatnashishimiz mumkin. "Bavariya" klubi oldingi mavsum bilan solishtirganda kuchaydi. Tolisso va Xames Rodriges kabi yangi futbolchilar jamoani yanada sifatliroq qilishdi. Biz hali o'zimizning eng zo'r formamizga kelmadik.
"Anderlext" murabbiyi, Rene Vayler:
"Ochiq bo'lamiz: bu o'yinda bizning imkoniyatlarimiz kichik, lekin oz bo'lsa ham bor. Boks terminidan foydalanib "kutilmagan zarba" berishga umid qilamiz. Men "Bavariya"ning kuchini yaxshi bilaman, oxirgi turda "Bavariya"ni yutqazganini hisobga olib, jamoani kamchiliklari borligini bilsak bo'ladi.
Fikrlar