"Bavariya" afsonaga ish taklif qildi
26 iyu 2017 09:25
Yangiliklar
"Bavariya" afsonaga ish taklif qildi
Myunxenning "Bavariya" klubi rahbariyati germaniyalik futbol afsonasi Miroslav Klozega sport direktorligi lavozimida ishlash taklifi bilan chiqdi.
Filipp Lam, Oliver Kan nomzodlari bilan muzokaralar ko'ngildagidek yakunlanmaganidan so'ng, "Bavariya" rahbariyati Kloze nomzodiga to'xtaldi.
Ayni paytda "Bavariya" bilan birgalikda turneda bo'lib turgan sobiq hujumchi yakuniy qarorga kelgani yo'q.
Eslatib o'tamiz, Miroslav Kloze murabbiylik kurslariga tahsil olayotgandi va Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabida ish o'rganayotgandi.
O'tgan yili futbolchilik faoliyatini tugatgan Kloze "Bavariya" libosini 2007-2011 yillar mobaynida kiygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar