"Bavariya" 60 millionga darvozabon sotib olmoqchi
29 mar 2025 01:44
Yangiliklar
"Bavariya" 60 millionga darvozabon sotib olmoqchi
"The Telegraph" malumotiga ko'ra, Myunxen klubi ushbu yozda posbonga taklif bilan chiqish niyatida. Shu sababli nemis klubi kiperning APLdagi rivojiga jiddiylik bilan etibor berib bormoqda.
Verbryuggen Angliya jamoasiga 2 yil oldin ko'chib o'tgan va o'shanda "Brayton" darvozabonni 16,3 mln funt evaziga sotib olgandi. Ayni damda uning transfer summasi 60 mln funtga baholanmoqda.
"Bavariya"ning asosiy darvozaboni Manuel Noyer jarohati sababli ayni damda o'yinlarda ishtirok etmayapti. Shu sababli klub uzoq muddatga yangi darvozabon olib kelish rejasini tuzmoqda. Verbryuggen esa ayni damda ro'yxatning birinchi pog'onasida bo'lib turibdi.
Bart ushbu mavsumda APLning 27 o'yinida qatnashib, 6ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar