"Bavariya" 3 oy maydonga tusha olmaydigan Koman o'rniga futbolchi qidirmaydi
27 avg 2018 18:15
Yangiliklar


"Bavariya" 3 oy maydonga tusha olmaydigan Koman o'rniga futbolchi qidirmaydi
"Bavariya" yozgi transfer oynasining qolgan kunlarida futbolchi sotib olmoqchi emas.
"Xoffenxaym"ga qarshi Bundesliganining 1-tur uchrashuvida (3:1) yarim himoyachi Kingsli Koman jarohat oldi va 3 oyga safdan chiqdi.
Malum bo'lishicha, franciyalik futbolchi operaciyani o'tkazdi. "Bavariya" transfer bozorida Komanni o'rniga o'yinchi qidirmaydi. Bu malumotni klub prezidenti Uli Xyoness tasdiqladi: "Bizga 3 oylik futbolchi kerak emas".
"Bavariya" Bundesliganing ikkinchi turida "SHtutgart"ga qarshi o'ynaydi.

Fikrlar