“Bavariya” 12-bor oltin dubl qayd etdi

26 may 2019, 09:58
Germaniya kubogi finalida “RB Leyptsig” klubi “Bavariya”ga (0:3) yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Myunxenliklar ilgariroq qatorasiga ettinchi bor mamlakat chempionligini rasmiylashtirishgandi.

Shu tariqa “Bavariya” klubi o'z tarixida 12 marta oltin dublga erishdi.

Germaniyada oltin dublga “Bavariya”dan tashqari faqatgina uchta jamoa erishgan: bular “Borussiya”, “Verder” va “Keln”.


O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live