Batshuayi o'rtacha mahsuldorlik bo'yicha Messi va Keynni ortda qoldirmoqda
17 fev 2018 12:18
Yangiliklar


Batshuayi o'rtacha mahsuldorlik bo'yicha Messi va Keynni ortda qoldirmoqda
Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Mishi Batshuayi top-5 chempionatdagi futbolchilar orasida o'ynagan daqiqa va gollar borasida etakchilik qilmoqda.
O'tgan mavsumdan boshlab barcha turnirlar va maydonda kamida 2 ming daqiqa o'tkazgan futbolchilar hisobga olindi. Batshuayi o'rtacha har 85 daqiqada gol urmoqda.
Birinchi beshlikka Garri Keyn ("Tottenxem") - 89, Edinson Kavani (PSJ) - 90, Lionel Messi ("Barselona") - 92 va Robert Levandovski ("Bavariya") - 95 kiradi.
Mishi Batshuayi "Borussiya" safidagi uchta o'yinda 5ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar