Batshuayi “Borussiya” tarkibida uchta uchrashuvda beshta gol urdi
16 fev 2018 01:40
Yangiliklar


Batshuayi “Borussiya” tarkibida uchta uchrashuvda beshta gol urdi
Dortmundning “Borussiya”si tarkibida ijara asosida to'p tepayotgan “CHelsi” hujumchisi Mishi Batshuayi yangi klubi safida qatorasiga uchinchi uchrashuvdan buyon raqiblari darvozasiga gol urmoqda.
24 yoshli belgiyalik futbolchi Evropa ligasi 1/16 final bosqichida “Atalanta”ga qarshi bellashuvda (3:2) “dubl” qayd etdi.
Hujumchi hisobida “Borussiya” safida 3 ta bellashuvda 5 ta gol kiritish bilan birga, bitta golga hammuallifilik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar