BATEga ikkita gol urgan Jasurbek Yaxshiboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi
26 mar 2020 14:45
Yangiliklar
BATEga ikkita gol urgan Jasurbek Yaxshiboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi
"Men uchun juda yoqimli. BATE Evropada barcha biladigan klub. Men ko'p yillar davomida CHempionlar Ligasini ko'raman va BATEning o'yinlarini ham kuzatganman. Bu yuqori saviyadagi jamoa. Biz BATEga yutqazamiz deb o'ylagandik. Sababi, raqib o'yinchilarining darajasi biznikidan yuqori. Ammo, bizda g'alaba qozonish ishtiyoqi ko'proq edi. Balki, ularda buning aksi bo'lgandir.
O'ylaymanki, bu ikki gol menga ishonch bag'ishlaydi, kurashuvchanlik ruhimni ko'taradi va bundan ham ko'proq gol urishim mumkin bo'ladi. BATEga qarshi o'yinimizni barcha ko'rdi. Endi boshqa jamoalar ham bizga qarshi ko'proq motivaciyaga ega bo'lishadi. Bu esa men va "Energetik-BGU" uchun oson bo'lmaydi.
Men ushbu klubda, yaxshi o'yinchilar bilan birga va yaxshi ligada o'ynayotganimdan mamnunman. Birinchi turda hammasi ajoyib o'tdi. Zo'r atmosfera", - deydi Yaxshiboev.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar