BATE futbolchi, murabbiy va boshqa hodimlarning maoshini 30%ga qisqartirdi
13 sen 2016 12:43
Yangiliklar
BATE futbolchi, murabbiy va boshqa hodimlarning maoshini 30%ga qisqartirdi
Belarusning BATE klubi murabbiy, futbolchi va boshqa hodimlarning maoshini 30%ga kamaytirdi.
Qaror bir necha hafta oldin elon qilingan edi. Bu jamoaning evrokuboklarni tark etgani bilan bog'liq.
Oldinroq BATEni ikki futbolchi tark etgan edi: Aleksandr Karnickiy "Xapoel"ga o'tdi, Mozolevskiy esa klub bilan shartnomani bekor qildi.
Borisovliklar CHempionlar ligasining saralash bosqichida "Dandolk"ka, Evropa ligasi pley-offida esa "Astana"ga yutqazib qo'yishdi.
Fikrlar