Bartomeu: “Valverdedan mamnunmiz”
23 okt 2018 02:00
Yangiliklar
Bartomeu: “Valverdedan mamnunmiz”
“Barselona” prezidenti Joze Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdning shartnomasi bandlari haqida gapirdi.
Valverde 2017 yilning may oyida Kataloniya klubi bilan ikki yillik kelishuvga imzo chekkandi. Bartomeuning aytishicha, tomonlar allaqachon kelishuvni uzaytirishgan.
“Valverdening jamoa bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum va kelgusi mavsumda ham amalda bo'ladi. Bu erda yana bir band borki, tomonlar o'zaro kelishib, kompensaciya pulini to'lagan holda kelishuvni bekor qilishi mumkin.
Ernesto jamoaga yaxshi moslasha oldi. Rimdagi uchrashuvni hisobga olmasa, mavsumni yaxshi o'tkaza oldi. Bizda ajoyib jamoa va futbolchilar bor. U aqlli murabbiy. O'yin koncepsiyasi va uslubini xotirjam tarzda tahlil qila oladi”, dedi Bartomeu “Catalunya Ràdio”ga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar