Bartomeu: "Messi "Barselona"dan o'ziga yordam berishini so'radi"
22 noy 2014 13:14
Yangiliklar


Bartomeu: "Messi "Barselona"dan o'ziga yordam berishini so'radi"
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu Agrupació Barça Jugadors (jamoaning sobiq futbolchilarining guruhi) azolari bilan suhbat o'tkazdi.
U yig'ilganlardan va muxlislardan ko'k-anorranglilar bosh murabbiyi Luis Enrike va hujumchi Lionel Messini qo'llab-quvvatlashlarini so'radi.
"Leo "Barselona"ni tark etmoqchi emas. U klubimizdan xursand va Messi butsasini mixga ilganda, veteranlar birlashmasi azosi bo'lishiga ishonaman. U juda mard inson, ammo katta bosim his qilyapti va bu faqat sport bilan bog'liq emas. Messi bizdan o'ziga yordam berishini so'radi" - deydi Bartomeu.

Fikrlar