Bartomeu Madrid merligiga nomzod ayolni "Barselona"ni hurmat qilishga chaqirdi
11 mar 2015 13:14
Yangiliklar


Bartomeu Madrid merligiga nomzod ayolni "Barselona"ni hurmat qilishga chaqirdi
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Madrid merligiga nomzod Esperansa Agirrening so'zlariga izoh berdi.
"Klubimiz tarixini hurmat qilish kerak. "Barselona" ko'p bora Ispaniya Kubogida g'olib bo'lgan. Biz barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni istaymiz, shu jumladan mamlakat Kubogini ham" - deydi Bartomeu.
Oldinroq Agirre "Barselona" va "Atletik"ni Ispaniya chempionatini tark etishga chaqirgan edi.

Fikrlar