Bartomeu: "Fati butun umr "Barselona"da o'ynashini xohlayman"

Alisher
3 avg 2020, 16:17
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu yarim himoyachi Ansu Fatining sotilmasligini ma'lum qildi.

"Rasmiy takliflar bo'lmadi, ammo bir qator klublardan qiziqish bo'ldi. Barcha holatlarda biz rad javobini berdik.

U klubning kelajagi uchun muhim. Ansu sotilmaydi. U noyob, shu sabab yoshlar jamoasidan birinchi jamoaga ko'tarildi. U kabi futbolchilar ko'p emas va "Barselona" bu pandemiya sharoitida klub uchun iqtisodiy jihatdan yaxshi bo'lgan qaror tufayli ham uni sota olmaydi.

Biz hech qachon uning sotilishini ko'rib chiqmaganmiz. Teskarisi: uning o'sishida bizning yordamimiz kerak va butun umr shu yerda o'ynashi uchun kelajakda yangi shartnoma tuzishimiz kerak", - deydi Bartomeu.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport