"Barselona"ning bir yo'la 6 direktori iste'foga chiqdi

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 17:55
"Barselona" rahbariyatida klub prezidenti Xosep Bartomeu bilan janjal oqibatida katta o'zgarishlar yuz berdi.

"AS" xabariga ko'ra, munozara oqibatida klubning 6 nafar direktori iste'foga chiqqan. Bu esa klubning yaqin vaqtlar ichida kichik inqiroz davrida bo'lishini anglatadi.

Emili Ruso, Enrike Tobas, Silvio Elayas, Mariya Teyksidor, Xosep Pont va Xordi Klazamilya kabi direktorlar bir vaqtning o'zida iste'foga chiqish uchun ariza yozishgan.

Munozaraning sababi sifatida koronavirus pandemiyasi vaqtida klub moliyaviy strukturasi noto'g'ri ishlatilayotgani keltirilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS