"Barselona"ning 19 kishilik qaydnomasi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019, 12:57
"Barselona" matbuot xizmati "Vilyarreal"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 30-tur o'yini uchun 19 kishilik qaydnomani taqdim etdi.

Bahs bugun, 2 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.

Qaydnomaga Usmon Dembele kiritilmadi. Fransiyalik forvard jarohatini davolashni davom ettirmoqda.

Qaydnoma

Darvozabonlar: Ter Shtegen, Inaki Pena.

Himoyachilar: Semedu, Pike, Langle, Alba, Yumtiti, Vermalen.

Yarim himoyachilar: Rakitich, Buskets, Koutino, Artur, Roberto, Alenya, Vidal.

Hujumchilar: Suares, Messi, Malkom, Boateng.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com