"Barselona"ni haqorat qilgan ispan klubi prezidenti 3,5 ming evro jarima to'laydi
12 may 2017 10:45
Yangiliklar
"Barselona"ni haqorat qilgan ispan klubi prezidenti 3,5 ming evro jarima to'laydi
Bu jarimani "Malaga" prezidenti Abdulla bin Nosir Al-Tani to'laydi.
Oldinroq Kataloniya klubi muxlisi Al-Tanidan "Tvitter" orqali "Real"ni LaLiganing so'nggi turida mag'lub etishni so'ragan edi. Al-Tani esa arab tilida quyidagicha javob berdi: "Yaratgan yordami bilan "Real"ni taslim etamiz. Ammo Kataloniya yuvindilari Michel haqidagi yolg'ondan so'ng chempionatda g'alaba tamini his qilishmaydi". Keyinroq "Barselona" rahbariyati Al-Tani so'zlari borasida rasmiy bayonot berdi. Ko'k-anorranglilar bu borada etiroz bildirishdi.
"So'zlarim Michel "Real"ga yutqazib berishi haqida yozgan Kataloniya matbuotiga qaratilgan edi. Buni hazm qilib bo'lmaydi, biz yutqazib bermaymiz. Matbuotdan kechirim so'rashlarini istayman" - deydi Al-Tani.
"Malaga" bosh murabbiy Migel Michel "Real" sobiq futbolchisi hisoblanadi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar