"Barselona"ga MYU himoyachisi kerak

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2019, 12:21
El Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Viktor Lindelefni sotib olmoqchi.

Gap shundaki, Kataloniya klubi "Ayaks" vakili Matteys de Ligtni sotib olishdan deyarli umidini uzib bo'ldi, ammo yoshi o'tib borayotgan Jerar Pikega o'rinbosar zarur. Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya chempioni rahbariyati mankunianlar bilan bir necha bor bog'lanishgan, ammo MYU 24 yoshli shved borasidagi takliflarni rad qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: El Mundo Deportivo