“Barselona”ga alamli tarzda mag'lub bo'lgan Rafael Benites matbuot anjumanida nimalar dedi?
24 sen 2023 08:59
Yangiliklar
“Barselona”ga alamli tarzda mag'lub bo'lgan Rafael Benites matbuot anjumanida nimalar dedi?
“Selta” bosh murabbiyi Rafael Benites “Barselona”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Biz maydoning barcha chiziqlarida yaxshi harakat qildik va ko'plab yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik. SHuningdek, avvalgi ikkita uchrashuvida 5:0 hisobida g'alaba qozongan “Barselona”ga qarshi yaxshi himoyalandik.
Ularda “Real Madrid”dagidek ajoyib futbolchilar bor. Mana nima uchun biz o'tgan bahsda so'nggi daqiqalarda burchakdan gol o'tkazib yubordik va mana nima uchun bugun so'nggi daqiqalarda alamli mag'lubiyatni qabul qildik. Ular juda kuchli.
Menimcha, “Barselona” va “Real Madrid” La Liga chempionligi uchun bahs olib borishadi. Ular so'nggi turlargacha chempionlik uchun kurashadi”,-dedi Rafael Benites.
Eslatib o'tamiz, Vigo jamoasi kecha 81 daqiqaga qadar 2:0 hisobida oldinda borayotib, 3:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Fikrlar