"Barselona"ga 5 maslahat
14 may 2019 17:23
Yangiliklar
"Barselona"ga 5 maslahat
Garchi, tarkib so'nggi yillarda bir necha barobarga yaxshilansa-da, jamoa hali ham ECHLda bosh sovringa ega chiqmayapti. "Barselona" keyingi mavsumda ECHLda muvaffaqiyatga erishishi uchun nimalar qilishi kerakligini taxlil qilib ko'ramiz.
5. KOUTINONI SOTISH KERAK
2018 yilning yanvarida "Liverpul" Koutinoning "Barselona"ga o'tganini rasman tasdiqlagandi. O'shanda braziliyalikning transfer narxi 105 million evro deb aytilgandi. Soliqlar va boshqa to'lovlarni hisobga olganda Koutinoning "Barselona"ga o'tishi 142 millionga tushdi. Ilk mavsum Koutino uchun og'ir o'tdi, ECHL, LaLiga, Kopa del Rey kabi musobaqalarda u qiynaldi. SHuningdek, o'yin amaliyotida ham muammolar bo'ldi. Garchi, ilk mavsumida 13 gol urgan bo'lsa ham, Koutino o'z o'yini bilan muxlislarni xavotirga soldi.
Biroq bu mavsumda braziliyalikning statistikasi pastga qarab sho'ng'imoqda. U LaLiganing ushbu mavsumida 5 gol urdi va 2 bora gollarga hammuallifga aylandi. Koutino o'yin vaqtida umuman ko'rinmaydi va oldinga o'tmayapti. SHuningdek, tezkor qarshi hujumlarda va himoyaviy o'yinda ham jamoaga yordam bermayapti. SHuningdek, bunda Valverdening ham aybi bor. U Koutinoning to'g'ri ishlata olmayapti. U o'yinni yarim himoyachi sifatida boshlaydi va o'yin yakuniga qadar yo'q futbolchi bo'lib maydonni tark etadi. Agarda himoyachilar ortda to'pni egallab olib, Koutinoga oshirishsa, braziliyalik ko'p bora to'pni yo'qotmoqda.
"Liverpul"ga qarshi o'yindan keyin Ispaniya matbuoti Koutinoning o'yiniga 0 baho qo'ygani ham bejiz emas. Koutinoga o'zini ko'rsatishi uchun etarlicha vaqt berilmoqda. Biroq asosiy tarkibda maydonga tushayotganida u "proval" o'yin namoyish qilmoqda. Yozda u "Barselona"ni tark etsa, ikki tomonga ham foydali bo'ladi.
4. "BARSELONA"GA CHAP QANOT HIMOYACHISI KERAK
Alba 2012 yilda 14 million evro evaziga "Valesiya"dan "Barselona"ga o'tganida kamdan kam inson u dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishiga ishongandi. U bu mavsumda barcha turnirlarda 13 bora gollarga assistentlik qilgan bo'lsa, 3 bora raqib darvozasini ishg'ol qildi. Albaning himoyaviy o'yinlarida pasayish kuzatilmoqda. U bir o'yinda o'rtacha 1,1 marta "podkat" orqali to'plarni olib qo'yayotgan bo'lsa, 1,6 marta raqibdan to'pni olib qo'ymoqda. SHuningdek, 0,8 marta raqiblari hujumini buzayotgan bo'lsa, 1,6 marta to'pni oldirib qo'ymoqda.
Lyuka Din "Everton"ga o'tganidan keyin "Barselona" bir himoyachiga muxtoj bo'lib qoldi. Valverde esa La Masiya iqtidorlari Xuan Miranda hamda Kukurelyalarga ishonch bildirdi. Eng qizig'i, keyinchalik Kukurelya "Eybar"ga ketdi, Miranda esa asosiy tarkib uchun kurashdi. Valverde Albaga dam bergan o'yinlarida esa chap qanotga Semedu yoki Robertoni qo'ydi. Ularga himoyadagi tartiblilik va texnik paslar berish etishmadi. SHu orqali "Barselona" Ligadagi 3 o'yinda qattiq qiynaldi.
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Barselona" chap qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolashi ko'plab muammolarni bartaraf etadi. Bu joy uchun "Barsa" "Betis"ning Junior Firpo, "Atletiko"dan Felipe Luis, "Bavariya" himoyachisi David Alaba yoki "Benfika"dagi Grimaldoning nomzodini ko'rib chiqsa yaxshi bo'lardi.
3. KERAK BO'LMAGAN FUTBOLCHILARNI SOTISH KERAK
LaLiga chempionlari so'nggi yillarda katta transferlarga ko'p bora qo'l urishmoqda. KPMG nashri xabariga ko'ra, klub kerak bo'lmagan futbolchilar uchun so'nggi yillarda 500 million evrodan ortiq pul sarflab yuborishdi. Bu top-5 ligalardagi eng yuqori va yomon ko'rsatkichdir.
2018 yilda 148 million evro evaziga Koutino sotib olganidan keyin yuqoridagi summa 560 million evroni tashkil qildi. So'nggi yillardagi eng yaxshi transfer sifatida Usmon Dembeleni keltirish mumkin.
Biroq "Barselona"da futbolchilar juda ko'p, ayniqsa "Barselona" saviyasidan past bo'lganlari. Ularni sotish kerak. Jeyson Murilo hamda Kevin Prins-Boatenglar klubga kerak emasdi, aslida. Tomas Vermalen hamda Rafinya kabi "jarohatsevar"larni klubda ushlab o'tirishdan foyda yo'q. Ular baribir etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmaydi. Yasper Sillessen esa allaqachon jamoani tark etishi kerak edi. Denis Suares esa "Barselona"ga qaytgan taqdirda boshqa klubga pullab yuborish darkor. U "Barsa"da o'ynashga noloyiq.
SHuningdek, Koutino... Ular klubdan ketishsa, norozi bo'lishmaydi. Yuqoridagi futbolchilarning klubdan ketishi esa "Barselona"ga, jamoadagi boshqa futbolchilarga ko'plab yo'llarni ochib berishi shubxasiz.
2. VALVERDEGA ISTE'FO BERISH KERAK
So'nggi ikki mavsumda "Barselona" ECHLni sharmandalarcha tark etayotgani bosh murabbiyning saviyasidan dalolat beradi.
"Barselona" bu murabbiyi va bu o'yini bilan evrooqshomlarni davom ettirishga haqli emasdi. Valverde yaxshi murabbiy, yaxshi yo'lboshlovchi bo'lishi mumkin, ammo kataloniyaliklarni uni ushlab qolmasligi kerak. U jamoa boshqaruvida qolsa, jamoa ECHL 2019/20dan ham sharmandalarcha chiqib ketishi hech gap emas.
Albatta, barcha murabbiylarning o'z uslubi bor. Biroq u Pep davridagi qonni chiqarib yubordi va o'z yo'llari bilan borib, LaLiga hamda Ispaniya Kubogi sovrinini qo'lga kiritishga erishdi. U jamoaga chidamlilikni olib kirgani rost. Biroq Ernestoning uslubi "Barselona"ga to'g'ri kelmagani o'ziga ham tushunarli bo'lib turibdi, jamoa bunday qo'rqoqona uslubda o'ynashga tarixi yo'l qo'ymaydi. "Barselona" Gvardiola, Kroyff davrida qanday sovrinlarga ega chiqqanini eslang. SHuning o'zi kifoya.
Ernestoga istefo berib, klubni boshqa yo'ldan olib ketish - rivojlanishning eng oson yo'li. SHu orqali "Barselona" transferlar oynasida o'ziga kerakli bo'lgan futbolchilarni sotib oladi. Yangi murabbiy esa aniqki, jamoadagi keraksiz futbolchilarni sotib yuboradi.
1. JAMOAGA VINGER KERAK
2017 yilda Neymar PSJga o'tganidan so'ng, "Barselona" unga o'xshagan, ko'plab gollar ura oladigan futbolchi izladi. Bu bo'sh joyga "ko'k-anorranglilar" 120 million evro evaziga Dortmunddan Usmon Dembeleni olib keldi. Biroq 4 oy davomida jarohatlar girdobida qolib ketgan yosh iqtidor tufayli Valverde chap qanot vingerligiga himoyachilarning masul qilib qo'ydi.
Uzoq muddatli jarohatdan so'ng Dembele goh asosiy tarkibda, bazan zaxiradan o'yinga qo'shildi. Biroq u o'ynagan o'yinlarida faolligi bilan ajralib turdi. Albatta, murabbiy bu transferda adashmadi. Biroq asosiy tarkibda u bilan joy talashayotgan Koutinoga ko'proq ishonch bildirilayotgani ko'p narsani oydinlashtirmoqda.
"Barselona"ga yaxshi vinger kerak. Yulian Brandt, Xadson-Odoi kabi futbolchilar hozirda "Barselona"ga loyiqdek ko'rinmoqda. Biroq Koutino muammosini ushbu yozdayoq hal qilish, temirni qizig'ida bosish kerak.
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar