"Barselona"dan "Real"ga o'tgan yana bir futbolchi bor ekan
22 apr 2018 17:11
Yangiliklar
"Barselona"dan "Real"ga o'tgan yana bir futbolchi bor ekan
Bilasizmi, "Barselona"dan "Real"ga ko'chib o'tgan yana bir futbolchi bor.
Ayni damda u "Uotford" tarkibida harakat qilmoqda - Fransisko Femeniya.

Ushbu futbolchi 1991 yilning 2 fevral kunida tavallud topgan. 2011 yili "Barselona" uni 2 mln evro evaziga "Erkules" jamoasidan xarid qilgan. Ikki mavsum mobaynida u "Barselona"ning ikkinchi tarkibida 63 uchrashuvda maydonga tushadi va 6 gol kiritadi.
Biroq Femeniya 2013 yilda nomalum summa evaziga "Real"ga o'tadi. Biroq u "Real"ning ikkinchi jamoasi "Kastilya" tarkibida yaxshi o'ynay olmaydi va 2015 yilda "Alaves"ga berib yuboriladi.
Himoyachi 2017 yilda "Uotford" tarkibiga ko'chib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, 2000 yilda Luish Figu "Barselona"dan "Real"ga transfer qilingan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди