"Barselona"dagilar xavotirda

Aslanov Jasurbek
18 sen 2018, 14:31
"Barselona" rahbariyati PSVga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi tur o'yinida muxlislar kam kelishidan havotirda.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'yin vaqti erta bo'lgani tufayli "Kamp Nou"ga yaqin joylashgan shahar fuqarolari mahalliy vaqt bilan 18:55da boshlanadigan uchrashuvga yetib kelishlari qiyin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, UEFAning yangi qoidalariga ko'ra, Chempionlar ligasining bazi o'yinlari vaqtliroq boshlanishi kerak. "Barselona"ning guruh bosqichidagiqolgan 5ta uchrashuvi odatdagi vaqtda boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS