"Barselona"da mavsum boshlanmay turib ikkinchi yo'qotish
17 iyu 2024 11:27
Yangiliklar
"Barselona"da mavsum boshlanmay turib ikkinchi yo'qotish
Oldinroq Kopa Amerika-2024ning chorak finalida Braziliyaga qarshi bahsda jarohat olgan Ronald Arauxoning tizzasi operaciya qilinishi sabab safdan chiqqani xabar qilingan edi.
Rasman: «Barselona» etakchisi operaciya qilinadi. U yil so'nggida safga qaytishi mumkin
Kataloniyaliklarning kechagi mashg'ulotida "La Masiya" tarbiyalanuvchisi Pablo Torre qo'lini sindirib olgan. 21 yoshli markaziy yarim himoyachi mashg'ulot payti erga noqulay yiqilgan va mashg'ulotni erta tugatishga majbur bo'lgan. SHifokorlar unga chap qo'l beshinchi panja suyagining sinishi tashxisini qo'yishdi. Endi Torre ham operaciya qilinadi va shundan keyingina shifokorlarning uning qachon safga qaytishini belgilashadi.
Eslatib o'tamiz, Pablo o'tgan mavsumni ijara asosida "Jirona"da o'tkazgan. U erda Torre barcha musobaqalarda 29ta o'yin o'tkazgan va bitta gol urib, ikkita assist qayd etgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar