"Barselona"da 10-raqamning yangi egasi malum
01 sen 2021 15:41
Yangiliklar


"Barselona"da 10-raqamning yangi egasi malum
"Barselona" hujumchi Ansu Fati raqamini almashtirganini elon qildi.
18 yoshli ispaniyalik futbolchi endi 10-raqam ostida harakat qiladi.
Qayd etish kerakki, bu raqam PSJga erkin agent maqomida o'tgan Lionel Messiga tegishli edi.
Fati - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. Forvard 2020/21 yilgi mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi. Forvard o'tgan yilning noyabr oyida jiddiy jarohat olgandi va haligacha rasmiy o'yinda maydonga tushgani yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar