"Barselona" yarim himoyachisi APL klubiga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2018
"Barselona" yarim himoyachisi Denis Suares kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Suares klubni tark etish niyatida. U jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde berayotgan o'yin amaliyotidan norozi. Yarim himoyachi faoliyatini APLda davom ettirmoqchi.

Oldinroq, Denis Suaresga A Seriya vakili "Napoli" qiziqish bildirayotgan edi. Yarim himoyachi joriy mavsum LaLiganing 11ta o'yinida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero