"Barselona" vice-prezidenti ham Neymar qaytishni xohlayotganligini tasdiqladi

Alisher
27 iyun 2019, 17:35
"Barselona" vice-prezidenti Xordi Kardoner PSJ hujumchisi Kataloniya klubiga qaytmoqchiligini aytib o'tdi.

"Neymar qaytishni istamoqda va u buni aytdi, ammo bu muammo emas. Agar "Barselona" Neymar bilan shartnoma imzolash borasida tashvishlansa bu noto'g'ri bo'lar edi. Bu ish amalga oshiriladi yo'qmi, buni bilmaymiz. U ajoyib o'yinchi va men uni muvaffaqiyatlarini o'z vaqtida baholaganman", - deydi Kardonera.

Neymar "Barselona" bilan og'zaki kelishuvga erishgani borasida xabarlar bor.

Shartnoma 5 yilga imzolanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo