“Barselona” va “Yuventus” bir-birini “troll” qildi
29 okt 2020 21:35
Yangiliklar
“Barselona” va “Yuventus” bir-birini “troll” qildi
Xabaringiz bor, ECHL 2-turi doirasida “Yuventus” o'z maydonida “Barselona”ga imkoniyatni boy berib (0:2) qo'ydi.
Mazkur o'yindan so'ng, kataloniyaliklar matbuot xizmati jamoa sardori Lionel Messining rasmini qo'yib:
“Tarixdagi eng buyuk futbolchini o'z maydoningiz (Turin)da ko'rganingizdan xursandmiz”, deya tvit qoldirdi.
Turinliklar esa ushbu tvitga Krishtianu Ronalduga ishora qilib:
“Ehtimol, sizlar noto'g'ri enciklopediyani ko'rgan bo'lsangiz kerak. “Kamp Nou”da sizlarga to'g'ri variantini olib boramiz”, deya javob berdi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Alyanc"dagi bahsni koronavirus tufayli o'tkazib yubordi. Messi esa uchrashuvda penaltidan gol urdi va Usmon Dembelening goliga hammuallif bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar