"Barselona" va yana to'rt klub Tomas Partiga qiziqmoqda
08 sen 20:35
Yangiliklar
"Barselona" va yana to'rt klub Tomas Partiga qiziqmoqda
"Barselona" 2025 yilning yozida shartnomasi yakuniga etadigan "Arsenal"ning 31 yoshli yarim himoyachisi Tomas Partiga qiziqish bildirmoqda.
Ganalik futbolchining xizmatlariga shuningdek "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. U 2020 yilning kuzida ushbu klub safidan "Arsenal"ga o'tgandi.
"Yuventus", Saudiyaning "Al Hilol" va "Al Ahli" klublari ham Partining kelajagini kuzatishmoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar