"Barselona" va Xavi bugun shartnoma muddatini uzaytiradi
22 sen 2023 01:19
Yangiliklar
"Barselona" va Xavi bugun shartnoma muddatini uzaytiradi
Xavi yaqin orada "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi.
Manbaning xabariga ko'ra, so'nggi kunlarda tomonlar yangi kelishuvning so'nggi tafsilotlariga oydinlik kiritib, kerakli hujjatlarni tayyorlagan. Yangi bitim 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Agar yaqin soatlarda kutilmagan voqea sodir bo'lmasa, Xavi ertaga shartnomani imzolaydi.
Xavi "Barselona"ni 2021 yildan beri boshqarib kelmoqda. O'tgan mavsumda uning qo'l ostidagi jamoa Ispaniya chempioni bo'ldi va mamlakat superkubogini qo'lga kiritdi.
Fikrlar