"Barselona" va "Valensiya" o'zaro darvozabon almashadimi?
18 iyu 2019 11:42
Yangiliklar
"Barselona" va "Valensiya" o'zaro darvozabon almashadimi?
Ispaniyaning "Barselona" va "Valensiya" klublari o'zaro kiperlarini almashtirishga tayyor.
Bu haqda "superdeporte.es" nashri malum qildi.
Xabar qilinishicha, "ko'rshapalaklar" darvozaboni Neto Kataloniyaga yo'l oladi, Yasper Sillessen esa aksincha. Kelishuvga "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi Rafinya ham qo'shilishi mumkin.
Moliyaviy feyr-pley sabab "Valensiya" iyun oyi so'nggiga qadar 25-30 million evro atrofidagi mablag'ga o'yinchi sotishi zarur. Neto 30 mln evaziga "Barselona"ga o'tishi mumkin. "Valensiya" esa iyulda Sillessenni aynan shuncha summaga sotib oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar