"Barselona" ushbu yozda ikkita "bomba" transferni amalga oshirmoqchi
22 iyu 2019 21:18
Yangiliklar


"Barselona" ushbu yozda ikkita "bomba" transferni amalga oshirmoqchi
Kataloniya klubi yozgi transferlar oynasida ikkita katta xaridni ko'zlab turibdi.
Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi. Manbaning malumotiga asosan, "Barselona" bir yo'la Antuan Grizmann va Neymarni klubga olib kelmoqchi.
Asosiy muammo esa klubning byudjetida bo'lib turibdi. Sababi, "Barselona" Grizmanning transferi uchun 120 million evro, Neymarni sotib olish uchun esa 100 mln evro va Koutinoni berishi kerak bo'ladi.
SHu paytda, kataloniyaliklar bir qator o'yinchilarini pullagan holda xarajat va daromad orasida muvozanatga erishishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar