"Barselona" Uilyamsning tovon pulini faollashtirishga tayyor
21 iyu 12:17
Yangiliklar
"Barselona" Uilyamsning tovon pulini faollashtirishga tayyor
"Barselona" kelasi haftada "Atletik" yarim himoyachisi Niko Uilyams uchun kurashni kuchaytirmoqchi.
Klub uning shartnomasida yozilgan 58 million evrolik tovon pulini faollashtirishga tayyor.
Uilyams o'tgan mavsum "Atletik" safida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 19ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar