“Barselona” so'nggi 18 yildagi eng yomon startni amalga oshirdi
01 noy 2020 09:15
Yangiliklar
“Barselona” so'nggi 18 yildagi eng yomon startni amalga oshirdi
La Liga 8-turi doirasida “Barselona” safarda “Alaves” bilan (1:1) durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Pike to'pni darvozabon Netoga noqulay tarzda oshirdi va mezbonlar hujumchisi Luis Rioxa darvozabonni xato qilishga majbur qilib, hisobi ochdi. Kataloniyaliklar 64-daqiqada Antuan Grizmanning golidan keyin muvozanatni tiklashdi.
SHu tariqa ko'k-anorranglilar Ispaniya chempionatining olti turida 8 ochko jamg'arib, 12-pog'onadan joy olishdi. Bu “Barselona”ning La Ligada so'nggi 18 yildagi eng yomon starti sifatida qayd etildi. 2002 yilgi mavsumda ham “Barsa” Van Gal qo'li ostida olti uchrashuvda 8 ochko to'plagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar