“Barselona” sobiq azosining uyiga kirgan o'g'rilar hech narsa olmay chiqib ketishdi
04 jan 2020 22:04
Yangiliklar


“Barselona” sobiq azosining uyiga kirgan o'g'rilar hech narsa olmay chiqib ketishdi
"Barselona” sobiq yarim himoyachisi Denis Suaresning uyiga o'g'rilar tushdi.
Qonunbuzarlar Suares yo'qligidan foydalanib, uning xonadoniga bostirib kirishgan. Qayd etilishicha, ular uydagi seyfni buzib, qimmatbaho buyumlarni topa olmay chiqib ketishgan.
So'nggi vaqtda Ispaniyada bu kabi holatlar ko'payib bormoqda. Avvalroq, Samuel Umtiti, Kazemiro, Alvaro Morata, Lukas Vaskes, Isko, Rafael Varan, Jerar Pike, Xordi Alba kabi futbolchilar ham o'g'rilardan jabr ko'rishgandi.
Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar joriy mavsum oldidan Denis Suaresni 12,5 mln. evaziga “Selta”ga transfer qilishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar