"Barselona" Sillessening o'rniga boshqa darvozabon topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
19 okt 2018, 20:40
"Barselona" darvozabon Yasper Sillessenning o'rniga boshqa posbon qidirmoqda.

Gollandiyalik o'yin amaliyoti kam bo'lganligi sababli jamoani tark etishi kutilmoqda.

Shu boisdan kataloniyaliklar "Atletik" kiperi Aleks Remiroga e'tibor qaratishdi. 23 yoshli futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsumda yakunlanib, erkin agentga aylanishi "Barselona"ga maqul kelmoqda.

Bu mavsumda Remiro "Atletik" tarkibida birorta uchrashuvda qatnashmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal