“Barselona” “Sevilya”ning memiga javob qaytardi
04 mar 2021 20:20
Yangiliklar


“Barselona” “Sevilya”ning memiga javob qaytardi
Ispaniya Kubogi 1/2 finalidan o'rin olgan “Barselona” – “Sevilya” bahsida mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchib, ikki o'yin natijasiga ko'ra finalga yo'l oldi.
Kataloniyaliklar matbuot xizmati raqib jamoa tomonidan Twitter'da qo'yilgan 17 fevraldagi memga javob qildi.
O'sha rasm ECHL 1/8 finali doirasidagi “Barselona” – PSJ uchrashuvidan (1:4) olingan bo'lib, Jerar Pikega “Evropa Ligasi”, yugurib ketayotgan Mbappega esa “Sevilya ECHL 1/8 finalida”, deya izoh yozilgandi.
Kechagi g'alabadan keyin “Barselona” ushbu memga: “Futbolda hurmat muhim ahamiyatga ega”, deb javob qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar