"Barselona" Setenni qo'llab-quvvatladi
06 iyu 2020 17:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/579299_original.jpg)
![](/upload/storage/579299_220.jpg)
"Barselona" Setenni qo'llab-quvvatladi
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Seten haqida gapirdi.
"Men turli xil mish-mishlardan xabardorman. Ishonch bilan ayta olamanki, bu noto'g'ri. Murabbiyda rahbariyat tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlash bor. Jamoa La Liga va CHempionlar Ligasini yutish uchun kurashni davom ettiradi", - deydi boshqaruvchi.
Oldinroq, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati va futbolchilari Setenning ishidan norozi ekanligi aytilgan edi.
"Barselona" La Ligada 34 turdan so'ng 73 ochko jamg'argan holda, jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar