"Barselona" - "Selta" 3:0. MATNLI TRANSLYACIYA
27 mar 2014 00:00
Yangiliklar

"Barselona" - "Selta" 3:0. MATNLI TRANSLYACIYA
Ispaniya primerosining 30-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Selta" o'yinidan matnli onlayn translyaciyani kuzatib boring.
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Sizning xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ldi. Doimo sog'-salomat bo'ling! Etiboringiz uchun rahmat!
90+3` O'yin tugadi! "Barselona" o'z uyida "Selta"ni yirik hisobda mag'lub etdi va navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdi. G'alaba bilan "Barselona" muxlislarini tabriklaymiz!
90` Uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
89` "Selta"ning hujumi yakuniga etmay qoldi. Pinto bu vaziyatda o'yinni "o'qiy" oldi.
87` "Barsa" to'rtinchi golni kiritishga yaqin kelgandi. Lekin "Selta" himoyachilari bu vaziyatda aniqlik bilan harakat qilishdi.
85` "Selta" futbolchilari hech bo'lmasa bitta gol urish maqsadida oldinga intilishmoqda.
82` "Barselona" vakillari to'pni bir-birlariga uzatib vaqt o'tishini kutishmoqda. Ortiqcha kuch sarflashni istashmayapti kataloniyalik futbolchilar.
79` Pinto o'rnidan turdi. Hammasi yaxshi. O'yin davom etadi.
77` Pinto xatoga yo'l qo'ydi. Lekin uning baxtiga to'p darvozaga kirmadi. Ammo o'zi darvoza ustuniga urilib ketib, yiqilib tushdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
76` Augusto Fernandez qo'pol harakati uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.
74` Fontas o'rniga Oubina maydonga tushdi "Selta" tarkibida.
72` Neymar maydonni tark etdi. Pedro endi o'yinni davom ettiradi.
69` O'yin taqdiri hal etildi deb endi bemalol ayta olamiz.
67` GOOOOOOOOOL! Neymar! 3:0! "Barselona" qarshi hujumda raqibini jazolamoqda. Neymar bugun o'zining ikkinchi golini kiritishga erishdi.
66` "Selta" kichik bosim uyushtirmoqda. "Barselona" himoyalanmoqda.
64` Orellana maydonni tark etdi. Bermexa uning o'rnida maydonda harakat qiladi.
61` Ikkinchi bo'limda hujumkorroq o'yin bo'lmoqda. Jamoalar ochiq futbol ko'rsatishmoqda.
59` Fabregasning goli inobatga olinmadi. Bu vaziyatda hakam o'yindan tashqari holat bo'lganini ko'rsatdi.
55` Ikkinchi bo'limda biz boshqacha "Selta"ni ko'ryapmiz. Ajoyib. Enrike jamoasi hujumlar uyushtirishda davom etmoqda va Pintoga etarlicha ish topib berishmoqda.
53` "Selta"!! Pinto - qoyil! "Selta"ning ajoyib hujumi va Pintoning ketma-ket ikkita "seyvi" "Barselona"ni goldan qutqarib qoldi.
51` "Selta" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin bu besamar yakunlandi.
50` "Selta" ikkinchi bo'limni hujumkorlik bilan boshladi.
46` "Barselona" tarkibida o'zgarish ruy berdi. Inesta o'rniga Serxi Roberto maydonga tushirildi.
46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45+4` Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!
45+3` Xordi Alba qo'polligi uchun ogohlantirildi.
45+1` Birinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
45` Aleksis Sanchesning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
44` O'yin tempi yuqori emas.
42` Bugungi bahsda Inesta ajoyib harakat qilmoqda. Uning ijrosida bir nechta chiroyli paslar ko'rmoqdamiz.
40` "Barselona"da imkoniyatlar bo'lyapti. Ammo hozircha boshqa to'p kirita olishganicha yo'q.
38` Demak Kabral o'yinni davom ettira olmaydi. O'zgarish bo'ldi. Uning o'rnida Lopez harakat qiladi.
37` Neymardan ajoyib harakatlar.
36` "Barselona" kutilganidek to'pni o'zida saqlab turibdi.
34` "Selta" raqibiga qarshilik ko'rsata olmayapti. "Barselona" esa kuchini tejab harakat qilayotgandek. Uchrashuv taqdiri deyarli hal etilgandek.
32` Messi chempionatdagi o'zining 22 golini kiritdi.
30` GOOOOOOOOOOOL! Messi! 2:0! Inestadan shedevr pas va Messi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Lionel Messi darvozabonni qiyinchiliksiz ortda qoldirdi va hisobni 2:0 ga etkazdi.
28` Endi Kabral ham jarohat oldi. Oddiy vaziyatda futbolchilar jarohat olishmoqda. Kabral o'yinni davom ettira oladimi? Hozircha unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
27` "Selta"ning ilk xavfli hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. "Selta" futbolchisi burchakdan oshirib berilgan to'pga etib kelolmadi. Bo'lmasa ochiq darvozaga to'pni yo'llashi mumkin edi.
26` Mina faollik ko'rsatdi va jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.
24` Viktor Valdesning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Pinto endi uning o'rnida o'yinni davom ettiradi.
23` Valdes to'pni qabul qilib olishda jarohat oldi. Viktor o'yinni davom ettira olmaydigan ko'rinadi.
21` Valdes jarima zarbasini qiyinchiliksiz bartaraf etdi.
20` Adriano to'pni qo'li bilan o'ynadi. Jarima to'pi.
17` "Barselona" o'z jarima maydonchasi oldida to'pni bir-birlariga oshirib o'tirib, keyingi hujumga hozirlik ko'rishmoqda.
15` Viktor Valdes darvozasi oldida hech qanday xavfli vaziyatlar bo'layotgani yo'q. "Barsa" esa bu daqiqaga kelib yana ikkita gol urish imkoniyatiga ega bo'ldi. Neymar va Messi qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
12` "Selta" hozircha raqibiga hech qanday qarshilik ko'rsatmayapti.
10` "Barselona" ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda. Neymar hozir raqib himoyachilarini birin-ketin aldab to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan edi. Bu vaziyatda "Selta" himoyachilari aniq harakat qilishdi va xavfni bartaraf etishdi.
8` "Barselona" tezkor gol kiritishga muvofaq bo'ldi. Buyog'iga gollar-shousini ko'ramizmi? Yoki "Selta" qandaydir qarshilik ko'rsata olarmikin? Kuzatamiz.
6` GOOOOOOOOOOOOOOL! Neymar! 1:0! Messi-Sanches-Neymar kombinaciyasi gol bilan tugadi. Messi bu vaziyatda juda oqilona harakat qildi.
5` Messi gol urdi. Lekin bu vaziyatda Lionel o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi.
4` Andreas Inesta jamoasi hujumini noto'g'ri pasi bilan buzib qo'ydi.
3` "Barselona" o'yinni to'p nazorati bilan boshladi. Jamoa sekin-astalik bilan oldinga intilmoqda.
1` Uchrashuv boshlandi! Qani kettik. O'ylaymizki, bugun zerikib qolmaymiz. Jamoalar chiroyli futbol ko'rsatishadi. Qizig'i, "Kamp Nou" bugun muxlislar bilan to'lib-toshmagan! Stadionda bo'sh o'rindiqlar juda ko'p.
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
Eslatib o'tamiz, bu uchrashuv "Sport" kanali orqali ko'rsatilmaydi. Agarda sizda "NTV-PLYUS Futbol" kanali bo'lsa, unda o'sha kanalga oling. "Barselona" - "Selta" bahsi aynan shu kanal orqali to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatiladi. Buni imkoni bo'lmasa, saytimizda qoling va uchrashuvni matnli onlayn sharhini o'qib boring!
-Yana bir necha daqiqalardan so'ng uchrashuv boshlanadi. Bugun Siz aziz futbol ishqibozlari uchun "Barselona" - "Selta" bahsini SHahboz Beg'amov matnli onlayn tarzda yozib boradi.
-Jamoalar tarkibi malum bo'ldi!
"Barselona": Valdes, Adriano, Bartra, Maskerano, Alba, Song, Inesta, Fabregas, Sanches, Messi, Neymar.
"Selta": Rodrigez, Ugo Mallo, Fontas, Aurtenetxe, Kastro, Kabral, Aleks Lopez, Levi Madinda, Augusto Fernandez, Fabian Orellana, Santyago Mina.
- O'yin soat 23:55da boshlanadi.
Ispaniya chempionati, 30-tur.
"Barselona" - "Selta" 3:0 (2:0)
Gollar: Neymar (6, 67), Messi (30).
"Barselona": Valdes (Pinto, 24), Adriano, Bartra, Maskerano, Alba, Song, Inesta, Fabregas, Sanches, Messi, Neymar (Pedro, 72).
"Selta": Rodrigez, Ugo Mallo, Fontas (Oubina, 74), Aurtenetxe, Kastro, Kabral (Lopez, 38), Aleks Lopez, Levi Madinda, Augusto Fernandez, Fabian Orellana (Bermexa, 64), Santyago Mina.
Ogohlantirishlar: Adriano (22), Alba (45), Fernandez (75), Mallo (83).

Fikrlar